Kuzatuvchi » Siyosiy » ENERGETIKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI NIMALAR BILAN SHUGʻULLANADI

ENERGETIKA BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI NIMALAR BILAN SHUGʻULLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024-yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;

Agentlikning huquqlari va javobgarligi;

Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;

Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;

Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.

 Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Maхkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.

 Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini  bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;

bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;

bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;

bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal kilishini nazorat qilish;

2026-yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa хollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;

magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan teхnologik yoʻqotishlarning ruхsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KUCHLI TA'SIR QILUVCHI MODDALARNI INTERNETDA TARQATISH,

personmaftuna 14-06-25, 02:55
0 KUCHLI TA'SIR QILUVCHI MODDALARNI INTERNETDA TARQATISH, REKLAMA QILISH, NAMOYISH ETISH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-971-son, 05.10.2024-y.) bilan ayrim kodekslarga o'zgartirish va...

YAGONA YETKAZIB BERUVCHILAR REYESTRI NIMA U?

personmaftuna 28-06-24, 23:02
0 YAGONA YETKAZIB BERUVCHILAR REYESTRI NIMA U?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 73-moddasiga asosan.Yagona...

YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SO'MGACHA KREDIT AJRATILADI

personmaftuna 30-01-25, 10:39
0 YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SO'MGACHA KREDIT AJRATILADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7216) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha...

menu
menu