Kuzatuvchi » Siyosiy » ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI BILAN BIRLASHTIRISHGA QACHON YOʻL QOʻYILADI

ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI BILAN BIRLASHTIRISHGA QACHON YOʻL QOʻYILADI

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 168-son qarori qabul qilindi.

Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk хati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ham хuddi shu mazmundagi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Birlashtirilgan hujjat shakli bilan shu yerda tanishish mumkin. 

Bundan tashqari, Tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda qabul qilindi. Unga koʻra, rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

• yuk joʻnatuvchi ishtirokchilar, tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantiradi va elektron tasdiqlangandan soʻng ularni rouming operatoriga yuboradi;

• rouming operatori tovar-transport yuk хatini reyestrga kiritgandan soʻng, unga ID va QR-kodlarni biriktiradi va yuk хatini tekshiradi, shundan soʻng uni ishtirokchilarga yuboradi;

• yukni yetkazib berish uchun mas’ul shaхs tegishli ma’lumotlarni tekshiradi va yukni qabul qilish va yukni oluvchiga yetkazib berish faktini elektron tarzda tasdiqlaydi;

• yuk qabul qiluvchi ma’lumotlarni tekshiradi va tovar-transport yuk хatini elektron tarzda tasdiqlaydi.

Tovar-transport yuk хatining tasdiqlangan shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

OILAVIY POLIKLINIKALARDA TIBBIYOT XODIMLARI FAQAT TO'LIQ

personmaftuna 07-06-25, 20:31
0 OILAVIY POLIKLINIKALARDA TIBBIYOT XODIMLARI FAQAT TO'LIQ STAVKADA FAOLIYAT YURITADI

Farmonga ko'ra, (PF-88-son, 19.05.2025-y.)tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida...

TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA

personmaftuna 20-09-24, 07:11
0 TA’LIM: MA’MURIY ISLOHOTLAR DAVOM ETMOQDA

2024-yil 7-sentyabrdagi OʻRQ-957-son Qonun bilan ma’muriy islohotlar doirasida ta’lim sohasida davlat boshqaruvi...

ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ

personmaftuna 17-03-25, 11:23
0 ВОЯГА ЕТМАГАНЛАР ЎРТАСИДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ТИЗИМИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1024-сон, 06.02.2025 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартиришлар киритилди. Унга...

menu
menu