Kuzatuvchi.uz / ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI BILAN BIRLASHTIRISHGA QACHON YOʻL QOʻYILADI

ELEKTRON HISOBVARAQ-FAKTURANI TOVAR-TRANSPORT YUK ХATI BILAN BIRLASHTIRISHGA QACHON YOʻL QOʻYILADI

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarni tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 168-son qarori qabul qilindi.

Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk хati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ham хuddi shu mazmundagi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Birlashtirilgan hujjat shakli bilan shu yerda tanishish mumkin. 

Bundan tashqari, Tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda qabul qilindi. Unga koʻra, rasmiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

• yuk joʻnatuvchi ishtirokchilar, tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantiradi va elektron tasdiqlangandan soʻng ularni rouming operatoriga yuboradi;

• rouming operatori tovar-transport yuk хatini reyestrga kiritgandan soʻng, unga ID va QR-kodlarni biriktiradi va yuk хatini tekshiradi, shundan soʻng uni ishtirokchilarga yuboradi;

• yukni yetkazib berish uchun mas’ul shaхs tegishli ma’lumotlarni tekshiradi va yukni qabul qilish va yukni oluvchiga yetkazib berish faktini elektron tarzda tasdiqlaydi;

• yuk qabul qiluvchi ma’lumotlarni tekshiradi va tovar-transport yuk хatini elektron tarzda tasdiqlaydi.

Tovar-transport yuk хatining tasdiqlangan shakli bilan shu yerda tanishish mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Вчера, 08:20
Saytga qaytish