Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL IMTIHONLARI

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA QABUL IMTIHONLARI

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentning 24.05.2024-yildagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-81-son Farmoniga muvofiq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha kunduzgi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash tartibi joriy etilib, bunda  2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari "avval test, keyin tanlov" tamoyili asosida oʻtkazilishi belgilangan.

Davlat komissiyasiga bir hafta muddatda 2024/2025 oʻquv yili uchun quyidagilarni tasdiqlash topshirildi:  oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tillari kesimida umumiy qabul parametrlari, imtiyozlarga ega abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul parametrlari, tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balli, hududlar, sohalar va tarmoqlarning buyurtmalariga muvofiq kadrlarga boʻlgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari va ushbu kvotalarning tumanlar kesimida taqsimlanishi, Davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish chogʻida toʻplangan ballarga qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻlgan, 2024/2025 oʻquv yili uchun tanlangan ta’lim yoʻnalishi boʻyicha ma’lum oʻtish ballini va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar toʻplangan ballarga muvofiq ravishda qoʻshimcha kvota doirasida davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 
M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ТАДБИРКОРЛИГИ УЧУН – 100 МЛН АҚШ ДОЛЛАРИ

personmaftuna 25-04-24, 02:36
0 ХОТИН-ҚИЗЛАРНИНГ ТАДБИРКОРЛИГИ УЧУН – 100 МЛН АҚШ ДОЛЛАРИ МИҚДОРДА ИМТИЁЗЛИ КРЕДИТ

Президент томонидан 07.03.2024 йилдаги ПҚ-122-сонли “Хотин-қизларнинг тадбиркорлигини йўлга қўйиш ва ривожлантиришни...

“TIRIK TARIХ” FILMLAR TURKUMI YARATILADI

personmaftuna 23-06-24, 23:36
0 “TIRIK TARIХ” FILMLAR TURKUMI YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.06.2024-yildagi “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda...

AYOLLARNI HOMILADORLIGI SABABLI ISHGA QABUL QILMASLIK

personmaftuna 28-03-24, 03:27
0 AYOLLARNI HOMILADORLIGI SABABLI ISHGA QABUL QILMASLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO`LADI

Qonunchilikka ko'ra, homiladorligi yoki farzandi borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilishni rad etish...

menu
menu