Kuzatuvchi » Siyosiy » BOJXONA HUDUDIDAN OLIB CHIQILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA QIYMATINI ANIQLASH TARTIBI BELGILANDI

BOJXONA HUDUDIDAN OLIB CHIQILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA QIYMATINI ANIQLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (560-son, 03.09.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.  Nizomga ko'ra, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi: 1-usul: olib chiqiladigan tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha; 2-usul: aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha;  3-usul: o'xshash tovarga doir bitimning qiymati bo'yicha; 5-usul: qiymatlarni qo'shish asosida;  6-usul: zaxira usul.  1-usul olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Agar olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning 1-usulini qo'llash mumkin bo'lmasa, boshqa usullar ketma-ketlikda qo'llaniladi.   Bojxona qiymatini aniqlashning boshlang'ich nuqtasi har doim haqiqatda to'langan yoki to'lanishi lozim bo'lgan qiymatni, ya'ni sotib oluvchi sotuvchiga to'lagan yoki to'lashi lozim bo'lgan haqiqiy xarajatlarni belgilash hisoblanadi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

TO‘LIQSIZ ISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI

personmaftuna 12-12-24, 03:54
0 TO‘LIQSIZ ISH VAQTI TUSHUNCHASI VA TURLARI

Ish vaqti tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasida belgilab qo‘yilgan. Ish vaqti — xodim...

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERISH BOʻYICHA

personmaftuna 24-06-24, 09:20
0 MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATLARINI KOʻRSATISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi...

MAJBURIY RAVISHDA OIVGA TIBBIY TEKSHIRUVDAN O‘TKAZISH

personmaftuna 17-03-24, 18:23
0 MAJBURIY RAVISHDA OIVGA TIBBIY TEKSHIRUVDAN O‘TKAZISH

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (oiv infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish...

menu
menu