MAJBURIY RAVISHDA OIVGA TIBBIY TEKSHIRUVDAN O‘TKAZISH
“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (oiv infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2013-yildagi O‘RQ-353-son qonuniga muvofiq qon, biologik suyuqliklar donorlari, ellik yoshgacha bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar, homilador ayollar, inyeksiya orqali giyohvandlik vositalarini iste’mol etishda gumon qilinayotgan shaxslar, OIVni yuqtirib olgan onalardan tug‘ilgan bolalar, o‘z faoliyatida qon, biologik suyuqliklar, odam organlari va to‘qimalari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari, jinsiy sherigida OIV aniqlangan shaxslar majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra ro‘yxati belgilanadigan ayrim kasblarda ishlovchi xodimlar ishga kirayotganda, dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tayotganda majburiy ravishda OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tishi belgilangan.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLANGAN YER VA KO‘CHMAS MULKLARNI
personmaftuna 12-12-24, 01:38O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga “amnistiya” e’lon qilishga oid qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi....
QANDAY XOLATLARDA FUQARO HARBIY XIZMATDAN OZOD ETILISHI
personmaftuna 30-09-24, 23:18“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat” to‘g’risidagi qonunning 22-moddasiga asosan, Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan...
FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASINI AMALGA
personmaftuna 20-06-25, 13:52“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2025-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...