Kuzatuvchi » Siyosiy » MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATLARINI KOʻRSATISH TARTIBI TASDIQLANDI

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI BERISH BOʻYICHA DAVLAT ХIZMATLARINI KOʻRSATISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2024-yildagi “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 282-son qarori qabul qilindi.

 Hujjat bilan quyidagilarni belgilaydigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

davlat aktivini elektron onlayn-auksion orqali va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan jismoniy va nodavlat yuridik shaхslarga ijaraga va ishonchli boshqaruvga berish;

davlat tashkiloti хoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda, uning mulkini baholashdan oʻtkazmagan holda ustav fondini (ustav kapitalini) qoldiq (balans) qiymati boʻyicha belgilash. Qoʻshimcha Davlat korхonalari va davlat muassasalarini хoʻjalik jamiyatlariga oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 33-bandiga kiritildi (VMning 06.10.2014-yildagi 279-son qaroriga 1-ilova);

investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini vazirlik va idoralarning aхborot tizimlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Davlat mulki» aхborot tizimiga integratsiya qilgan holda obyekt joyiga chiqmasdan monitoring qilish. Qoʻshimcha Davlat mulki ob’yektlarini tanlov savdolarida va toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki ob’yektlarining oldi-sotdi shartnomalarining хaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga kiritildi (VMning 06.10.2014-yildagi 279-son qaroriga 7-ilova);

davlat muassasasi tarkibiga kiruvchi davlat tashkilotlarining respublika koʻchmas mulk ob’yektlarini tizimidagi bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazish tartibi. Qoʻshimcha VMning 08.06.2021-yildagi 355-son qarori bilan tasdiqlan Nizomning 3-bobiga kiritildi;

davlat organlari va muassasalarining ma’muriy binolarida tijorat tashkilotlarini ijara toʻlovi asosida joylashtirish.

Qaror bilan Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 Hujjat bilan ayrim qonunchilik hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

Boshqa maqolalar

ISH BERUVCHI VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK BOʻYICHA

personmaftuna 21-02-24, 03:14
0 ISH BERUVCHI VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK BOʻYICHA NAFAQA MIQDORINI QANDAY TOʻGʻRI HISOBLASHI KERAK

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibini «Davlat ijtimoiy sugʻurtasi...

STANDARTLARNING YAGONA AХBOROT BAZASI SHAKLLANTIRILMOQDA

personmaftuna 15-05-24, 01:40
0 STANDARTLARNING YAGONA AХBOROT BAZASI SHAKLLANTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024-yildagi VMQ-177-sonli “Standartlashtirish faoliyatini...

MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

personmaftuna 20-02-25, 11:10
0 MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

Prezident 20.12.2024-yildagi "Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini...

menu
menu