Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XO‘JALIGIDA QQSNI HISOBLASHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI JORIY ETILADI

QISHLOQ XO‘JALIGIDA QQSNI HISOBLASHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI JORIY ETILADI

“Qishloq xo'jaligi sohasida qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–153-son, 04.09.2025-y.) qabul qilindi.  2026–2027-yillarda qishloq xo'jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.  Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan:  qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi; qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o'rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo'yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.  Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

personmaftuna 14-02-25, 23:53
0 AVTOMOBIL YOʻLLARINI TA’MIRLASH QANDAY MOLIYALASHTIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi "Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan...

“OQILA AYOL”

personmaftuna 25-09-24, 00:35
0 “OQILA AYOL”

Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi "Mahallalarda хotin-qizlar faollari va "Oqila ayol" ayollar harakati...

FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

personmaftuna 11-12-24, 02:17
0 FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni...

menu
menu