Kuzatuvchi.uz / QISHLOQ XO‘JALIGIDA QQSNI HISOBLASHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI JORIY ETILADI

QISHLOQ XO‘JALIGIDA QQSNI HISOBLASHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI JORIY ETILADI

“Qishloq xo'jaligi sohasida qo'shilgan qiymat solig'ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–153-son, 04.09.2025-y.) qabul qilindi.  2026–2027-yillarda qishloq xo'jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.  Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan:  qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari realizatsiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi; qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o'rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo'yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.  Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Вчера, 23:26
Saytga qaytish