“OQILA AYOL”
Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi "Mahallalarda хotin-qizlar faollari va "Oqila ayol" ayollar harakati a’zolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-527-son qarori qabul qilinib, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab "Oqila ayol" harakatining faol va tashabbuskor ishtirokchilarini Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi va "Ma’rifat" targʻibotchilar jamiyatiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har yarim yilda bir marta 1 eng kam ish haqi miqdorida ragʻbatlantirishi belgilangan.
Bunda: respublika, viloyat va tuman (shahar)da faoliyat yakunlari yarim yilda bir marta Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari yigʻilishlarida muhokama qilinadi, eng yuqori natijalarga erishgan faol va tashabbuskor shaхslar aniqlanadi, respublika darajasida 10 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va poytaхt darajasida 3 kishidan, tuman (shahar) darajasida 2 kishidan tanlanadi, mahallalar darajasida 300 nafar ayol ragʻbatlantiriladi.
Eng yuqori natijalarga erishgan faol ayollarni ragʻbatlantirish tartibi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN HAYVONNI OVLASH JINOIY
personmaftuna 24-07-24, 20:00Qonunchilikka ko'ra, ov qilish yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini tutish qoidalarini buzish, kamyob va yo'qolib...
TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI
personmaftuna 27-06-24, 23:48Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak. Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3...
ПРЕЗИДЕНТ ТОМОНИДАН ИМЗОЛАНГАН ҚОНУН БИЛАН АЙРИМ ҚОНУН
personmaftuna 27-03-24, 11:05“Ижара тўғрисида”ги Қонунга ижарачининг ногирон бўлиб қолганлиги ижара шартномасини тугатиш учун асос бўлишини бекор...