Kuzatuvchi » Siyosiy » “ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

Farmonga ko'ra,   (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan:

“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

-xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda;

-xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda;

-yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to'lanadi.

-Sug'urta tashkilotlariga – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oila sifatida e'tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog'lig'i va hayoti, har bir sug'urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta 50 ming so'mgacha miqdorda subsidiya to'lanadi;

-Xorijda mehnat qilish davrida zo'ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo'lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag'siz qolgan O'zbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq to'lanadi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

FACE ID YORDAMIDA ONLAYN XIZMATLARNI KO'RSATISH IMKONIYATI

personmaftuna 19-05-24, 21:53
0 FACE ID YORDAMIDA ONLAYN XIZMATLARNI KO'RSATISH IMKONIYATI YANADA KENGAYTIRILDI

Prezident Farmoniga (https://lex.uz/docs/6811936) (PF-37-son, 21.02.2024 y.) muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan...

AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI !

personmaftuna 19-11-24, 23:18
0 AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI !

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....

QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL

personmaftuna 30-09-24, 02:27
0 QURILISHI TUGALLANGAN OBYEKTLARNI FOYDALANISHGA QABUL QILISH JARAYONI RAQAMLASHTIRILADI

“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga...

menu
menu