AYRIM TEXNIK VOSITALAR SOLIQ VA BOJDAN OZOD QILINADI !
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qo‘shimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz solig‘i solinadigan ob’ekt hisoblanmasligiga doir qo‘shimcha kiritilmoqda.
Bojxona kodeksiga yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalarni boj to‘lashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imini to‘lashdan ozod qilinadi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SUDGA MUROJAAT QILISH
personmaftuna 28-09-24, 16:38Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin: Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi murojaatlar, ya’ni ariza,...
ENERGIYA SAMARADORLIGI MILLIY AGENTLIGI NIMALAR BILAN
personmaftuna 21-05-25, 13:16Vazirlar Mahkamasining 02.05.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya...
ENDI HOKIMLAR XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARIGA BOSHCHILIK
personmaftuna 07-02-25, 13:4517.10.2024-yil kungi O‘RQ-976-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi va mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga...