Kuzatuvchi » Siyosiy » SUDGA MUROJAAT QILISH

SUDGA MUROJAAT QILISH

Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin: Birinchisi, bu oddiy xat tarzidagi murojaatlar, ya’ni ariza, taklif, shikoyatlar, Ikkinchisi, muayyan nizo yoki ish bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlar, ya’ni ariza, da’vo arizasi, iltimosnoma, shikoyatlar.

Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

QONUNCHILIKKA KO‘RA, PIYODALAR O‘TISH JOYIDA

personmaftuna 30-09-24, 02:35
0 QONUNCHILIKKA KO‘RA, PIYODALAR O‘TISH JOYIDA HARAKATLANAYOTGANDA:

-telefondan foydalanish; -kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qish; -videomateriallarni tomosha qilish;...

ADLIYA ORGANLARI HAQIDAGI YANGI FARMON FUQAROLARGA NIMA

personmaftuna 28-06-24, 12:20
0 ADLIYA ORGANLARI HAQIDAGI YANGI FARMON FUQAROLARGA NIMA BERADI?

Har qanday davlatda adliya organlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ichida muhim o‘ringa ega. Shu jihatdan mazkur...

TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI

personmaftuna 15-02-25, 01:25
0 TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI MAHSULOTLARNI FUMIGATSIYA QILISHLARI MUMKIN

Prezident tomonidan 20.01.2025-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va...

menu
menu