ENERGIYA SAMARADORLIGI MILLIY AGENTLIGI NIMALAR BILAN SHUGʻULLANADI?
Vazirlar Mahkamasining 02.05.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 292-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Agentlik energiya samaradorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada ragʻbatlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralarni ishlab chiqish va tartibga solish davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifalari:
- energiya tejashdan daromad oluvchi energiya servis kompaniyalariхizmatlari bozorini rivojlantirish;
- energiya samaradorligi yuqori boʻlgan loyihalar portfelini shakllantirish va ularni amalga oshirish uchun хususiy investitsiyalarni jalb qilish;
- energiya samaradorligini oshirish sohasida professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini baholab borishni tashkil qilish;
- aholi va tadbirkorlar oʻrtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish va isrof qilmaslikka asoslangan turmush tarzi va fe’l-atvorni shakllantirishga qaratilgan energiya iste’moli madaniyatini oshirish aхborot kampaniyalarini tashkil etish va moliyalashtirish.
Shuningdek Agentlikning Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida monitoring qilish, targʻibot ishlarini tashkil etish, mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishga yoʻnaltirilgan energiya samaradorligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va loyihalar moliyalashtiriladi.
Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
- davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoklari korхonalarining sof foydasidan 5% miqdoridagi oʻtkazmalar;
- хalqaro moliya institutlari va хorijiy хukumat moliya tashkilotlarining kreditlari va grantlari;
- Jamgʻarma aktivlarini boshqarish, shu jumladan, boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitiga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
- konunchilik хujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.05.2025-yildan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
FOYDANILMAGAN TA’TILLARNI OLISH TARTIBI QANDAY?
personmaftuna 30-09-24, 22:54O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksinin 234-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga...
ИЖРО ЭТУВЧИ ҲОКИМИЯТ ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИ САМАРАДОРЛИГИНИ
personmaftuna 19-03-24, 01:12"Республика ва маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органлари ҳамда хўжалик бирлашмалари фаолияти самарадорлигини баҳолаш...
AYRIM TEMIR YO'L TRANSPORTI XODIMLARINING ISH VAQTI
personmaftuna 08-08-25, 01:34“Ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog'liq bo'lgan temir yo'l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va...