FACE ID YORDAMIDA ONLAYN XIZMATLARNI KO'RSATISH IMKONIYATI YANADA KENGAYTIRILDI
Prezident Farmoniga (https://lex.uz/docs/6811936) (PF-37-son, 21.02.2024 y.) muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma'lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.
Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikatsiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaydi.
Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo'lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.
Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Temur RAJABOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ICHKI ISHLAR ORGANLARINING BARCHA AXBOROT INFRATUZILMASI
personmaftuna 23-06-25, 11:27“Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi...
PROKUROR PROTESTI
personmaftuna 29-06-24, 09:35"Prokuratura to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan, Qonunga zid bo‘lgan hujjatga...
ENDILIKDA KAMERALAR HARAKAT VAQTIDA XAVFSIZLIK KAMARINI
personmaftuna 22-03-24, 00:27Mazkur tartibni buzgan haydovchilar 165 ming so‘m midqorida jarimaga tortiladi. Endilikda O‘zbekistonda...