Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI YANGI YONDASHUVLAR ASOSIDA TASHKIL ETILADI

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI YANGI YONDASHUVLAR ASOSIDA TASHKIL ETILADI

“Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo'naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025-2026-yillarda davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishning asosiy yo'nalishlari   belgilandi..

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg'armasining doimiy hamkorligi asosida davlat xizmatida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi joriy etiladi. 

 

                 2026-yil 1-yanvardan:

- davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko'ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;

 

- KPI natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig'iladi va tahlil qilinadi;

 

               2025-yil 1-avgustdan respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o'tkaziladi.

 

- Iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash bo'yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi.

 

- Salohiyatli va istiqbolli rahbarlarning barqaror zaxirasini ta'minlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasi hamda Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

 

 2025-yil 1-oktabrdan davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi. 

 

 2026-yil 1-yanvardan Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi.

 

 2025-yil 1-sentabrdan davlat xizmatchilarining o'z ko'nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular o'rtasida o'zaro muloqotni kuchaytirish bo'yicha “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushiriladi.

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.



Boshqa maqolalar

O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA

personmaftuna 28-06-24, 22:53
0 O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA BILASIZMI ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 225-moddasiga asosan. O‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati...

AHOLINI IQTISODIY SUDLARDA KO`RILADIGAN ISHLAR TOIFASI VA

personmaftuna 30-09-24, 11:47
0 AHOLINI IQTISODIY SUDLARDA KO`RILADIGAN ISHLAR TOIFASI VA SUDGA MUROJAAT QILISH TARTIBI BILAN TANISHTIRISH

So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi fuqaro va...

ҚАНДАЙ ЖИНОИЙ ЖАЗОЛАР БОР?

personmaftuna 11-03-24, 00:35
0 ҚАНДАЙ ЖИНОИЙ ЖАЗОЛАР БОР?

-Жарима - айбдордан давлат даромадига белгиланган миқдорда пул ундиришдир. Жарима базавий ҳисоблаш миқдорининг беш...

menu
menu