Kuzatuvchi » Siyosiy » TDYU HUZURIDAGI AKADEMIK LITSEYLAR BITIRUVCHILARINI SUHBAT ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI

TDYU HUZURIDAGI AKADEMIK LITSEYLAR BITIRUVCHILARINI SUHBAT ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (374-son, 18.06.2025-y.) bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo'nalishi mavjud oliy ta'lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi.

 

Nizom 2023/2024 va 2024/2025-o'quv yillarida TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul qilingan o'quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

 

 Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga kirish uchun tavsiya qilishni so'rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

 

 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

- bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;

 

 -bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik litseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

 

 Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga kirish huquqi dastlabki 2 yil uchun amal qiladi.

 

 Har yili 1-iyulgacha suhbat komissiyasi tashkil etiladi. 

 

- Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo'yish yo'li bilan baholanadi. 

 

- Abituriyent quyidagi hollarda o'qishga qabul qilinmaydi:

 

- yakka tartibdagi suhbat o'tkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;

 

- yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball to'planganda.

Har yili 10-avgustgacha oliy ta'lim tashkilotlari rektorlarining abiturientlarni bakalavriatga o'qish uchun tavsiya etish to'g'risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

УМУМИЙ МУЛК ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ВУЖУДГА КЕЛИШ АСОСЛАРИ

personmaftuna 27-12-24, 16:56
0 УМУМИЙ МУЛК ТУШУНЧАСИ ВА УНИНГ ВУЖУДГА КЕЛИШ АСОСЛАРИ

Умумий мулк тушунчаси Ўзбекистон Республикаси Фукаролик Кодексининг 216-моддасида кўрстиб ўтилган бўлиб унга кўра и кки...

МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИДА БЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА СУБСИДИЯ ВА

personmaftuna 03-06-25, 12:48
0 МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИДА БЎЛГАН ФУҚАРОЛАРГА СУБСИДИЯ ВА КРЕДИТЛАР АЖРАТИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

“Ўзбекистон Республикаси фуқароларини хорижда ташкиллаштирилган тартибда ишга жойлаштириш тизимини янада...

MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATLARI

personmaftuna 14-06-24, 02:33
0 MUROJAATLARNI KO‘RIB CHIQISH MUDDATLARI

Ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor...

menu
menu