Kuzatuvchi » Siyosiy » “YASHIL” DAVLAT XARIDLARINI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“YASHIL” DAVLAT XARIDLARINI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

          “Yashil” davlat xaridlarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (371-son, 18.06.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

 2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

 

 Bunda:

- ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to'plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo'shimcha ball beriladi;

- ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo'lmaydi.

 

-- Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bog'liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu ko'rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK

personmaftuna 28-06-24, 16:58
0 MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK

O’zbekiston Respublikasning Mehnat kodeksining 10-moddasiga asosan. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan...

SOLIQLAR YOKI YIG‘IMLARNI TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGANLIK

personmaftuna 19-09-24, 00:20
0 SOLIQLAR YOKI YIG‘IMLARNI TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasiga ko‘ra, soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa...

АҲОЛИНИНГ БИЗНЕС ТАШАББУСЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ

personmaftuna 14-04-24, 02:53
0 АҲОЛИНИНГ БИЗНЕС ТАШАББУСЛАРИНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

"Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш дастурлари доирасида аҳолининг бизнес ташаббусларини молиялаштиришни...

menu
menu