MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK
O’zbekiston Respublikasning Mehnat kodeksining 10-moddasiga asosan. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan hamda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligiga yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining qoidalari mehnatga oid yakka tartibdagi munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda ham qo‘llaniladi.
Hazorasp tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
KORPORATIV BUYURTMACHILARNING XARIDLARIDA MAHALLIY ISHLAB
personmaftuna 26-06-24, 00:00Farmonga ko'ra, ( PF-85-son, 03.06.2024y .https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7480) 2026-yil 1-iyuldan korporativ...
OILAVIY MUNOSABATLAR. VORISLIK VA MEROS HUQUQI HAQIDA
personmaftuna 30-09-25, 11:12Vorislik – shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo‘lgan mol-mulkning, shuningdek meros...
TALABA BOʻLISH ISTAGIDAGI XOTIN-QIZLAR SHOSHILING: OILA VA
personmaftuna 15-05-24, 07:47Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan...