MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA XUSUSIY AYBLOV INSTITUTI JORIY ETILADI
O‘zbekiston Respublikasining 10.07.2025-yildagi O‘RQ–1075-sonli Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritildi, jumladan:
avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;
ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o‘rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.
Shuningdek, ayrim belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo‘lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
MILLIY TEХNIK MALAKANI BAHOLASH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
personmaftuna 24-06-24, 09:35O‘zbekiston Respublikasi Mahkamasining 06.05.2024-yildagi “Koreya хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida...
MANFAATLAR TO’QNASHUVINING QANDAY OLDI OLINISHI HAQIDA
personmaftuna 24-03-25, 02:58Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi o‘zi mehnat...
IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI
personmaftuna 08-08-25, 14:03Farmon davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita...