Kuzatuvchi » Siyosiy » MANFAATLAR TO’QNASHUVINING QANDAY OLDI OLINISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

MANFAATLAR TO’QNASHUVINING QANDAY OLDI OLINISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi o‘zi mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilishga, shuningdek ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organi a’zosi bo‘lishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan yoki bu faoliyat qonunchilikka muvofiq lavozim majburiyatlari hisoblanadigan hollar mustasno. Bunda davlat organi yoki boshqa tashkilot nazoratida bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining aksiyalariga yoki ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga egalik qilgan yoxud mazkur tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari a’zosi bo‘lgan shaxs mazkur davlat organida yoki boshqa tashkilotda xodim lavozimini egallagan hollarda, u qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu aksiyalarni yoki ulushlarni bir oy ichida realizatsiya qilishi, boshqaruv organlarining a’zoligidan chiqishi kerak.

   A.BEKCHANOV,

 Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИЛАДИ

personmaftuna 14-12-24, 11:36
0 ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИЛАДИ

Хотин-қизлар, шунингдек, уларнинг вояга етмаган (қарамоғида I гуруҳ ногиронлиги бўлган фарзандларининг ёшидан қатъи...

TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT

personmaftuna 11-12-24, 02:22
0 TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY TASHKIL ETILADI?

“Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish...

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI JAMG'ARMASI HISOBIDAN

personmaftuna 26-12-24, 12:57
0 MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRI JAMG'ARMASI HISOBIDAN BOG'CHALAR RAHBAR VA PEDAGOGLARINI RAG'BATLANTIRISHGA RUXSAT ETILADI

Maktabgacha ta'lim tashkilotining direktori o'rinbosari lavozimi joriy etiladi; respublikaning barcha tuman...

menu
menu