YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARINI SUD TARTIBIDA KO‘RIB CHIQISH
Xodimlar yakka tartibdagi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha sudga murojaat etganda sud xarajatlaridan ozod qilinadi.
Mehnat Kodeksining 558-moddasiga asosan, Quyidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari bevosita sudda ko‘rib chiqiladi: agar xodimning ish joyida mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tuzilmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasini va asoslari ta’rifini o‘zgartirish haqidagi, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ish bajarilgan vaqt uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi, xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligi tufayli etkazilgan ziyonning o‘rnini yoxud xodimning mol-mulkiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash haqidagi, ish beruvchi tomonidan xodimga etkazilgan ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi, ishga qabul qilish rad etilganligi haqidagi, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda oldindan hal etilgan masalalar yuzasidan, xodimlar va ish beruvchi jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga keladigan; o‘zini mehnat qilish va mashg‘ulotlar sohasida kamsitilishga uchragan deb hisoblayotgan shaxslarning, xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KONSTITUTSIYADA PARLAMENTNING O‘RNI VA VAZIFALARI
personmaftuna 29-11-24, 06:18O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida parlament – Oliy Majlis davlat hokimiyatining vakillik va qonun chiqaruvchi...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ СОҲАСИДАГИ ИСЛОҲОТЛАР
personmaftuna 29-07-24, 23:52“Қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат соҳасидаги ислоҳотларни жадаллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги...
ШТАТ ҚИСҚАРГАНДА ИШДА ҚОЛИШДА КИМЛАРГА УСТУНЛИК БЕРИЛАДИ?
personmaftuna 26-09-25, 19:14Штат қисқариши натижасида ходимлар ишдан бўшатилганда малакаси ва меҳнат унумдорлиги юқорироқ ходимлар ишда...