Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI

Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat qilish, faoliyat turini va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega.  

O‘zbekiston Respublikasining  «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” 07.01.2008 yildagi O‘RQ-139-sonli Qonunining 20-moddasida    ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yilishi va bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilishi belgilangan.

Davlat o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan ishlovchi shaxslarga ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralarni ko‘rish orqali bolaning mehnat qilish huquqi ta’minlanishini kafolatlaydi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA

personmaftuna 22-01-24, 19:29
0 ISHGA QABUL QILINAYOTGAN 18 YOSHGA TOʼLMAGAN SHAXSLARGA DASTLABKI SINOV BELGILANMAYDI

Qonunchilikka koʼra, quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi: homilador ayol, 3 yoshga...

SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT

personmaftuna 18-08-24, 04:07
0 SUDLAR XALQ DEPUTATLAR KENGASHLARI OLDIDA HISOBOT BERISHMAYDI

Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining...

ҚУЙИДАГИЛАРНИНГ МУЛКИДА БЎЛГАН МОЛ-МУЛК СОЛИҚ СОЛИШДАН ОЗОД

personmaftuna 14-12-24, 11:44
0 ҚУЙИДАГИЛАРНИНГ МУЛКИДА БЎЛГАН МОЛ-МУЛК СОЛИҚ СОЛИШДАН ОЗОД ЭТИЛАДИ

1. «Ўзбекистон Қаҳрамони», Совет Иттифоқи Қаҳрамони, Меҳнат Қаҳрамони унвонларига сазовор бўлган, учала даражадаги...

menu
menu