Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM TEMIR YO‘L TRANSPORTI XODIMLARINING ISH VAQTI REJIMLARI TARTIBGA SOLINDI

AYRIM TEMIR YO‘L TRANSPORTI XODIMLARINING ISH VAQTI REJIMLARI TARTIBGA SOLINDI

“Ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog'liq bo'lgan temir yo'l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti va dam olish vaqti rejimlari to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.  Nizomga ko'ra, ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo'lishi mumkin emas. Ishlarni bajarish joyi xizmat ko'rsatilayotgan asosiy ish joyidan tashqarida bo'lsa, mazkur toifadagi xodimlarning 24 soatda bosib o'tgan yo'lining 8 soati bevosita ularning ish vaqtiga qo'shiladi. Poezdlar harakati bilan bevosita bog'liq bo'lgan temir yo'l transporti xodimlarining ish vaqtiga quyidagilar kiradi:  ishga tayyorgarlik ko'rish vaqti, shu jumladan, yo'l-yo'riqdan o'tish vaqti;   ishdan oldingi tibbiy ko'rikdan o'tish vaqti; asosiy mehnat vazifalarini bajarishga bevosita sarflanadigan vaqti;  asosiy ish joyidan xizmat ko'rsatilayotgan ish joyiga yo'lovchi sifatida borish va undan qaytish hamda kutish vaqti; xodimga bevosita bog'liq bo'lmagan holatlarda uning bo'sh turib qolgan vaqti.

D.AZAMATOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA OLISHDA QANDAY YENGILLIKLAR

personmaftuna 27-12-24, 16:18
0 TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA OLISHDA QANDAY YENGILLIKLAR MAVJUD?

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish...

IJTIMOIY XIZMATLAR VA YORDAM KOʻRSATISH TIZIM

personmaftuna 08-02-25, 00:53
0 IJTIMOIY XIZMATLAR VA YORDAM KOʻRSATISH TIZIM TAKOMILLASHTIRILADI HAMDA ULARNING SIFATI OSHIRILADI

Qonunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz...

ДАВЛАТ ҲИМОЯСИ: АДВОКАТ ҚАЧОН ИШГА КИРИШИШИ КЕРАК

personmaftuna 25-04-24, 00:38
0 ДАВЛАТ ҲИМОЯСИ: АДВОКАТ ҚАЧОН ИШГА КИРИШИШИ КЕРАК

Президент 27.02.2024 йилдаги ЎРҚ-915 сонли “Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатиш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси...

menu
menu