O‘QUVCHILAR FIZIOLOGIYA HOLATI ASOSIDA SPORT TURLARIGA YO‘NALTIRILADI
“O‘quvchilarning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali ularni sport turlariga yo'naltirish hamda sportni ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (447-son, 17.07.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni tibbiy ko'riklardan o'tkazishda ularning fiziologiya va antropometriya holatiga baho berish orqali sport turiga bo'lgan qobiliyatini aniqlash va sportga yo'naltirish bo'yicha elektron tizim yo'lga qo'yiladi. 2025/2026-o'quv yilidan har yili 1 marta maktab hamshiralari uchun o'quvchilarning fiziologik va antropometrik ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha o'quv-seminarlar tashkil etiladi. Shuningdek, o'quvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish orqali ularning fiziologik va antropometrik ko'rsatkichlari shakllantirilib, “Elektron sog'liqni saqlash” axborot tizimiga kiritiladi.“ERP-maktab” axborot tizimida o'quvchilarning fiziologik va antropometrik ko'rsatkichlari asosida ularning sport turiga bo'lgan qiziqishlari aniqlanadi va tizimda qayd etiladi.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘N SAKKIZ YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLAR
personmaftuna 14-06-24, 02:29O ‘ zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi...
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ID-KARTA (PASPORTINI)
personmaftuna 25-09-25, 22:39ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: § ota-onalar, vasiylarning (homiylarning)...
PUL MAJBURIYATINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
personmaftuna 27-03-24, 11:41Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni...