PUL MAJBURIYATINI BAJARMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa, uning joylashgan yerida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida sud kreditorning talabini da’vo qo‘zg‘atilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilangan bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Kreditorning pul mablag‘laridan qonunsiz foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar fuqarolik kodeksining 367-moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga asosan unga tegishi kerak bo‘lgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan qismini to‘lashni talab qilishga haqli.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
O‘ZBEKISTONDA 2030 YILGA KELIB URBANIZATSIYA DARAJASI 60
personmaftuna 16-12-24, 11:39Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN
personmaftuna 30-09-24, 02:30Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son, 05.09.2024-y.) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari...
GRANTDA O‘QIGAN TALABALARNING 3 YIL ISHLAB BERISH
personmaftuna 29-06-24, 08:50Prezidentning 24.05.2024-yil kungi 81-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, ➖ 2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat...