IJTIMOIY XIZMATLAR VA YORDAM KOʻRSATISH TIZIM TAKOMILLASHTIRILADI HAMDA ULARNING SIFATI OSHIRILADI
Qonunga koʻra, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar, yolgʻiz yashovchi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha roʻyxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi. Bundan tashqari, etim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda. Shu bilan birga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga, yolgʻiz yashovchi keksalarga va nogironligi boʻlgan shaxslarga homiylik qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi nazarda tutilmoqda.
I.RAXIMBERGANOV
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЎЗБЕКИСТОНДА ИШЛАБ ЧИҚАРИЛМАЙДИГАН АЙРИМ ТОВАРЛАР БОЖХОНА
personmaftuna 26-01-24, 06:08Фармонга кўра, (https://lex.uz/pdfs/6759637) 2024 йил 1 мартдан 2026 йил 1 мартгача: - тадбиркорлар томонидан...
ҚИММАТБАҲО МЕТАЛЛАРНИ СОТИБ ОЛИШДА ЧЕГИРМАЛАР ҚЎЛЛАШ
personmaftuna 09-03-24, 00:55Президент қарори (ПҚ-85-сон, 24.02.2024 й.) билан айрим норматив ҳуқуқий ҳужжатларга қўшимчалар киритилди. “Заргарлик...
UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI
personmaftuna 20-09-24, 07:05Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...