Kuzatuvchi » Siyosiy » KADRLAR TAYYORLAYDIGAN YAGONA TEXNIKUMLAR TARMOGʻI TASHKIL ETILADI

KADRLAR TAYYORLAYDIGAN YAGONA TEXNIKUMLAR TARMOGʻI TASHKIL ETILADI

“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024-y.) qabul qilindi  Farmonga koʻra,  kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta'limning barcha darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmogʻi tashkil etiladi.

 Texnikumlarda:

kadrlar tayyorlash ta'limning xalqaro standart tasniflagichi va Oʻzbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi;

boshlangʻich kasbiy ta'lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta ta'lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

oʻrta maxsus kasbiy ta'lim dasturlarining bitiruvchilariga oʻzlashtirgan modullari, toʻplagan kreditlari va oliy ta'lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar oʻrtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan oʻqishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

CHAQIRILUVCHILARNI TANLAB OLISH TARTIBI BELGILANDI

personmaftuna 08-08-25, 01:39
0 CHAQIRILUVCHILARNI TANLAB OLISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025-yildagi 413-sonli Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi...

BUDJET TASHKILOTI

personmaftuna 28-06-24, 17:25
0 BUDJET TASHKILOTI

O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 4-moddasiga ko’ra. Davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan...

TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH

personmaftuna 28-06-24, 11:39
0 TA’TILNING FOYDALANILMAGAN QISMINI TAQDIM ETISHNI RAD ETISH QONUNIYMI

Umumiy qoidalarga koʻra, хodimlarga mehnat ta’tillari har yili ish yili davomida taqdim qilinishi kerak. Har yilgi...

menu
menu