“YASHIL BELGI” MAHSULOT VA XIZMATLARNI YAGONA IXTIYORIY EKOLOGIK MARKIROVKALASH TARTIBI BELGILANDI
“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3652-son, 25.07.2025-y.)Ushbu Nizom sertifikatlashtirishni o'tkazish, talabgorni avtorizasiyadan o'tkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qo'llashni o'z ichiga oladi. Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish bo'yicha ariza kelib tushgan kundan e'tiboran 5 ish kuni mobaynida unda ko'rsatilgan ma'lumotlar ko'rib chiqiladi. Sertifikatlashtirishni o'tkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari bo'yicha xulosa rasmiylashtiriladi. Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo'lganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY
personmaftuna 28-03-24, 02:38O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar)...
MEHNAT DAFTARCHASI
personmaftuna 27-01-24, 17:48Lozim darajada tasdiqlangan qog‘oz yoki elektron shaklidagi mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi va...
AYRIM FUQAROLARGA GAZ VA ELEKTR IST’EMOLI UCHUN
personmaftuna 29-06-24, 09:20Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yil kungi 204-son qarori qabul qilindi. ▪️Qarorga ko‘ra: “Ijtimoiy himoya yagona...