AHOLINING DAM OLISHI UCHUN FOYDALANILADIGAN YERLARNI XUSUSIYLASHTIRISH TAQIQLANADI
O‘zbekiston Respublikasining 05.05.2025-yildagi O‘RQ-1061-sonli qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.
Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi ko‘zda tutildi.
Bundan tashqari, botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o‘simlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ПЕДАГОГ КАДРЛАРНИ КАСБИЙ СЕРТИФИКАТЛАШ БЎЙИЧА ДАВЛАТ
personmaftuna 12-03-24, 02:24Ҳукумат қарори (87-сон, 12.02.2024 й) билан “Давлат умумий ўрта таълим ташкилотлари педагог кадрларини касбий...
O‘LIMNI QAYD ETISHDA TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR HAQIDA
personmaftuna 28-06-24, 22:53O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 225-moddasiga asosan. O‘limni qayd etish uchun fuqarolik holati...
PENSIYA TIZIMINI ISLOH QILISH KONSEPSIYASINI ISHLAB CHIQISH
personmaftuna 26-12-24, 16:40O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2024-yildagi “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish...