Kuzatuvchi » Siyosiy » YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA YER UCHASTKALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI OSHIRILADI

YERLARNI MUHOFAZA QILISH VA YER UCHASTKALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI OSHIRILADI

O‘zbekiston Respublikasining 05.05.2025-yildagi O‘RQ-1062-sonli qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda – muddati o‘tgan qarzdorlik uning mavjudligi to‘g‘risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo‘lgan huquq bekor qilinishi belgilandi. 

Bundan tashqari, sug‘oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha aniq talablar belgilanmoqda,

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi. 

Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

 

 

Boshqa maqolalar

. INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB

personmaftuna 30-04-24, 00:29
0 . INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB CHIQISHGA HAQLI

Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining...

MANFAATLAR TO’QNASHUVINING QANDAY OLDI OLINISHI HAQIDA

personmaftuna 24-03-25, 02:58
0 MANFAATLAR TO’QNASHUVINING QANDAY OLDI OLINISHI  HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi o‘zi mehnat...

ФАМИЛИЯСИ ЎЗГАРГАН БОЛАНИ ХУЖЖАТЛАРИНИ ХАМ ЎЗГАРТИРИШ

personmaftuna 30-09-24, 16:59
0 ФАМИЛИЯСИ ЎЗГАРГАН БОЛАНИ ХУЖЖАТЛАРИНИ ХАМ ЎЗГАРТИРИШ КЕРАКМИ ?

Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йилдаги 395-сон қарорига асосан, шахснинг фамилияси, исми, отасининг исми ўзгарганда унга...

menu
menu