AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI JINOYATLAR UCHUN JAZO CHORALARI KUCHAYTIRILADI
“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2025-yildagi PQ-153-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida vakolatli organ etib belgilandi.
O‘z kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini ta’minlash banklar, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida ko‘rsatildi.
Shuningdek, kiberjinoyatni sodir etishda o‘z nomidagi bank kartasi, bank hisobraqami, SIM kartasi hamda elektron hamyonidan foydalanishga yo‘l qo‘ygan shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Banklar, to‘lov tizimi operatorlari hamda to‘lov tashkilotlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida kelib chiqqan moddiy zararni ular hisobidan undirish tartibi joriy etiladi.
Jinoyat qonunchiligi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat uchun belgilangan jazo choralari kuchaytiriladi.
Jinoyat sodir etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish javobgarlik hamda jazoni og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ROʻYXATGA OLISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?
personmaftuna 12-02-25, 00:52Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich , tayyorgarlik bosqichi boʻlib, uch yilga yaqin vaqt...
AGROSANOAT SOHASIDA QATOR HUJJATLAR TOʻPLAMI TASDIQLANDI
personmaftuna 15-05-25, 11:22Vazirlar Mahkamasining 23.04.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq х oʻjaligi vazirligi huzuridagi...
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI
personmaftuna 05-03-24, 07:24Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...