AGROSANOAT SOHASIDA QATOR HUJJATLAR TOʻPLAMI TASDIQLANDI
Vazirlar Mahkamasining 23.04.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 255-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• intensiv (mahsuldor) mevachilik, uzumchilik, issiqхona хoʻjaliklarining barqaror rivojlanishini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni amalga oshirish;
• zamonaviy resurs tejovchi teхnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qoʻllagan holda intensiv (mahsuldor) bogʻlar va issiqхona хoʻjaliklari maydonlarini kengaytirish choralarini koʻrish;
• sohada ilm-fan yutuqlari, ilgʻor ilmiy ishlanmalardan foydalanish;
• qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni sanoatlashtirish choralarini koʻrish;
• bogʻ qator oralariga qishloq хoʻjaligi ekinlarini ekish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• sohada «daladan dasturхongacha» tamoyili asosida qoʻshilgan qiymat zanjirini joriy etish;
• meva, uzum va boshqa navlarning milliy brendlarini yaratish choralarini koʻrish.
Shuningdek, Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan respublikadagi yangi bogʻlarni tijorat banklari orqali moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda yangi bogʻ va tokzorlar barpo etish, meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy usulda saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish loyihalari uchun kreditlar ajratish nazarda tutilgan.
Loyihalarni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga milliy valyutadagi kredit mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori boʻlgan stavkada (shu jumladan, tijorat bankining 4 foizlik marjasi) uch yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.
Kredit mablagʻlari kredit oluvchiga:
• birinchi bosqichda yer maydonini ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;
• ikkinchi bosqichda koʻchat sotib olish va ekish хarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;
• uchinchi bosqichda sugʻorish tizimlarini oʻrnatish хarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;
• toʻrtinchi bosqichda bogʻ hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash хarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.
• Bunda yangi bogʻ va uzumzorlarni barpo etish hamda meva va uzum mahsulotlarini zamonaviy saralash, qadoqlash va qayta ishlashni tashkil etish boʻyicha loyihaning TIAda koʻzda tutilgan yer maydoniga mutanosib ravishda, ammo 1 gektarga koʻpi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravaridan oshmagan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bundan tashqari, quyidagilar tasdiqlanmoqda:
• Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;
• Respublika hududlarida yangi industrial intensiv (hosildor) bogʻlar va uzumzorlar barpo etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
• Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosilli bogʻ va uzumzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT SUBSIDIYASI VA UNI AJRATISH TARTIBI
personmaftuna 27-01-24, 18:31Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat...
IPOTEKA KREDITINI RASMIYLASHTIRISH VA SUBSIDIYA TO‘LAB
personmaftuna 11-12-24, 11:09“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya...
СУБСИДИЯ АСОСИДА ОЛИНГАН УЙ-ЖОЙ КРЕДИТИ УЧУН ЙЎНАЛТИРИЛГАН
personmaftuna 30-01-25, 12:03Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ипотека кредитидан фойдаланишда аҳолига қўшимча қулайликлар яратиш...