Kuzatuvchi » Siyosiy » FAKTORING BO'YICHA ZAMONAVIY QONUNCHILIK BAZASI YARATILADI

FAKTORING BO'YICHA ZAMONAVIY QONUNCHILIK BAZASI YARATILADI

Qonunga muvofiq, Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) to'g'risidagi umumiy qoidalar kiritildi.

Faktoring haqidagi bildirishnoma garov reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish uchinchi shaxslarga nisbatan kuchga ega bo'ladi.

Faktoring shartnomalari bo'yicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi belgilandi.

Bunda, aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.

Shuningdek, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) qatoriga quyidagilar kiritildi:

 

Kafolatlar berish   tashkiloti faoliyatini amalga oshirish;

Faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirish.

Bundan tashqari, vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro'yxatiga quyidagilar kiritildi:

Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush olinganligi to'g'risida xabarnoma;

Faktoring tashkilotining filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma.

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH

personmaftuna 19-05-24, 19:27
0 AYRIM JINOYAT PROTSESSI QATNASHCHILARIGA HAQ TO'LASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (570-son, 28.10.2023 y.) bilan Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va...

HODIMLARGA TO’LANISHI SHART BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

personmaftuna 20-10-24, 14:02
0 HODIMLARGA TO’LANISHI SHART BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

Amaldagi Mehnat kodeksining 286-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat...

MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

personmaftuna 20-02-25, 11:10
0 MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

Prezident 20.12.2024-yildagi "Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini...

menu
menu