Kuzatuvchi » Siyosiy » HODIMLARGA TO’LANISHI SHART BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

HODIMLARGA TO’LANISHI SHART BO’LGAN KOMPENSATSIYALAR

Amaldagi Mehnat kodeksining 286-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

 

xizmat safarlarida bo‘lganda;

 

sayyor va ko‘chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko‘ra boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tganda;

ish beruvchining yo‘llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi munosabati bilan;

xodimning foydalanmagan yillik mehnat ta’tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida xodimni ogohlantirish muddati pul kompensatsiyasi bilan almashtirilganda.

Yuqoridagi kompensatsiya to‘lovlaridan tashqari ish beruvchi xodimlarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirishi shart.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 


Boshqa maqolalar

НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ

personmaftuna 03-06-25, 13:11
0 НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Педагог кадрлар тайёрлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Президент Фармони (ПФ-73-сон,...

ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

personmaftuna 30-09-24, 12:22
0 ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

SAVOL; Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun...

. НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАРНИНГ ТЕНГЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА

personmaftuna 26-03-24, 02:04
0 . НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАРНИНГ ТЕНГЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА КАМСИТИЛИШИГА ЙЎЛ ҚЎЙМАСЛИК

Ногиронлик белгиси бўйича ҳар қандай камситиш тақиқланади? Тенг имкониятларни таъминлаш ва ногиронлик белгисига кўра...

menu
menu