KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA ELEKTR VA GAZ TO‘LOVLARINING BIR QISMI KOMPENSATSIYA QILIB BERILADI
“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reyestriga (Reyestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reyestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam taʼminlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga: elektr energiyasi isteʼmoli bo‘yicha – oyiga bazaviy meʼyordan 150 kVt soatgacha;
tabiiy gaz isteʼmoli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy meʼyordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy meʼyordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
IJRO ISHI YUZASIDAN
personmaftuna 17-05-24, 01:37Undiruv faqat qarzdorning mol mulkiga qaratilishi kerak agar qarzdorning mulki boshqa shaxsda bo‘lsa uni asoslovchi...
ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA
personmaftuna 23-05-24, 19:39Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...
ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH
personmaftuna 13-12-24, 09:59Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra har kim munosib...