Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

Mehnat kodeksning 253-moddasiga koʻra, xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

Ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanishi belgilandi. Xodimga tegishli boʻlgan ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi va miqdori boshqa toʻlovlarni amalga oshirishga hamda ularning navbatiga bogʻliq qilib qoʻyilmaslik ham qayd etilgan.

Shuningdek, ushbu kodeksning 333-moddasida ish beruvchi ish haqi toʻlash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar boʻlishi belgilandi.

Unga koʻra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart.

Mazkur pulli kompensatsiyani toʻlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN

personmaftuna 10-12-24, 10:47
0 AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR BERILADI

Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024-y.) bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz...

TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA

personmaftuna 16-12-24, 11:49
0 TEMIRYO‘LLARDA YUK TASHISH TARIFLARI 1-DEKABRDAN 30 FOIZGA OSHIRILADI

Bu qaror vagonlarga bog‘liq xarajatlar oshgani va vagon parklarini yangilash zarurati tufayli qabul qilingan. 2024-yil...

ISH BERUVCHI ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASINI TOʻLASHGA

personmaftuna 29-06-24, 06:45
0 ISH BERUVCHI ISHDAN BOʻSHATISH NAFAQASINI TOʻLASHGA MAJBURMI?

Mehnat kodeksning 173-moddasiga asosan quyidagi asoslar bilan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, ish...

menu
menu