AYRIM TOIFADAGI OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM AJRATILADI
Qarorga ko‘ra, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:
“mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
aʼzolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;
nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;
uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.
Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XARID QILISH TARTIB-TAOMILLARINI AMALGA OSHIRISH TURLARI !
personmaftuna 28-06-24, 23:33Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuniga asosan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar...
BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA
personmaftuna 23-07-24, 14:22Qonunchilikka ko'ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo'yicha davlat...
VOYAGA YETMAGANLARGA ENERGETIK ICHIMLIGINI SOTISH
personmaftuna 06-12-24, 11:28Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligi (EFSA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-29 yoshdagilarning 70%i...