ELEKTR UCHUN ARZONROQ ME'YOR JORIY ETILDI
"Yoqilg'i-energetika resurslari iste'molchilarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigiga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish haqidagi" Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-2025-yillarda yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o'zgarish grafigiga o'zgartirish va qo'shimcha kiritildi.
Unga ko'ra, yoqilg'i-energetika resurslari narxlarining oshishi muddati 1-apreldan 1-mayga ko'chirildi.
Shuningdek, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo'lgan differensiallashgan tarif bo'yicha iste'mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritildi. Ya'ni 2025-yil 1-maydan iste'molchilar 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bo'lgan yangi miqdor oralig'ida har bir kilovatt.soat uchun 800 so'mdan to'laydi.
Avvalgi tartibga ko'ra, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bo'lgan qismi uchun 900 so'mdan haq to'langan.
Misol uchun, bir oyda o'rtacha 500 kVt·soat miqdorida elektr energiyasi sarflaydigan xonadon vakillari buning uchun 2025-yil 1-maygacha 360 ming so'm to'lashgan (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 90 ming so'm, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 270 ming so'm). Tarif o'zgarishlaridan so'ng bir oyda o'rtacha 500 kVt·soat tok ishlatadigan xonadon buning uchun 360 ming so'm to'laydi (200 kVt·soat bazaviy norma uchun 120 ming so'm, 201 kVt·soatdan 500 kVt·soat uchun 240 ming so'm). Ya'ni ular uchun narx oshayotgani yo'q.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari har yili 1-maydan bir marotaba yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda 10 foizdan yuqori bo'lmagan miqdorda indeksatsiya qilib boriladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.
Boshqa maqolalar
ЎЗБЕКИСТОН ТАШҚИ СИЁСАТДА
personmaftuna 23-03-24, 22:34➖ Ўзбекистон халқаро муносабатларнинг тўла ҳуқуқли субъектидир. ➖ Ўзбекистоннинг ташқи сиёсати давлатларнинг суверен...
FUQAROLAR YIG’INI RAISI LAVOZIMIGA NOMZODLARGA QO’YILADIGAN
personmaftuna 22-03-25, 10:45Fuqarolar yig‘ini raisi fuqarolar yig‘ini tomonidan, fuqarolar yig‘inini chaqirish imkoni bo‘lmagan taqdirda esa,...
НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖАТЛАР ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ
personmaftuna 30-01-25, 11:26“Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларининг илмий асосланганлик даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат...