Kuzatuvchi.uz / AYRIM TOIFADAGI OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM AJRATILADI

AYRIM TOIFADAGI OILALARGA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM AJRATILADI

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida quyidagi oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratiladi:

“mahalla yettiligi” xulosasi asosida Reyestrlarga kiritilmagan, biroq yordamga muhtoj oilalarga. Bunda “mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha ro‘yxat shakllantirilishida, birinchi navbatda, quyidagilar inobatga olinadi:

 

boquvchisini yo‘qotgan oilalar; 

 

aʼzolari I yoki II guruh nogironi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar;

 

nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalar;

 

uzoq muddatli davolanishni talab etadigan kasalliklar bilan kasallangan shaxslar yashovchi oilalar;

 

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi shaxslar hamda yolg‘iz yashovchi keksalar;

 

nogironligi bo‘lgan shaxslar; 

 

3 va undan ortiq oila yashaydigan xonadonlarda hamda gaz taʼminoti bo‘lmagan va markazlashtirilgan tartibda isitilmaydigan ko‘p qavatli uylarda yashovchi oilalar.

Qo‘shimcha ravishda shakllantiriladigan ro‘yxatdagi oilalar soni Reyestrlarga kiritilgan oilalar sonining 40 foizidan oshmasligi lozim.

 

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Сегодня, 06:46
Saytga qaytish