IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI
Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:
- falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga — 3 oygacha;
- fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun — 6 oygacha.
Mualliflar jamoalari tomonidan darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarini yozish chog‘ida mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga mualliflar guruhining barcha a’zolari imzolagan yozma arizaga muvofiq ijodiy ta’til beriladi. Mualliflar ta’tilni o‘zaro taqsimlashga ham haqli.
Ilmiy daraja olishga da’vogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarining mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.
Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
VASIYATNOMA BO‘LMAGANIDA QONUN BO‘YICHA VORISLIK ASOSIDA
personmaftuna 22-01-24, 19:23Qonun boʼyicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va...
“ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA
personmaftuna 26-06-24, 00:512024-yil 1-iyundan: “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va...
ЮҚОРИ МИҚДОРДАГИ ПЕНСИЯГА ЧИҚИШ УЧУН ИШ СТАЖИ МУҲИММИ ЁКИ
personmaftuna 03-08-24, 02:04Аввало айтиб ўтиш жоизки, пенсия миқдори иш стажига ҳам иш ҳақига ҳам боғлиқ ҳисобланади. Пенсияга чиқиш учун иш стажи...