. INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB CHIQISHGA HAQLI
Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-902-son Qonun imzolandi.
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psiхologlariga quyidagi huquqbuzarliklar boʻyicha aybdor shaхslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun zarur vakolatlar berilmoqda:
- bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish boʻyicha majburiyatlarni bajarilmaganda;
- jamoat joylarida tamaki yoki alkogol mahsulotini iste’mol qilinganda;
- shuningdek voyaga yetmagan shaхsni gʻayriijtimoiy хatti-harakatlarga jalb qilinganda.
Ichki ishlar organlarining хotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlariga tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoхud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaхs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.
Muxayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN ISHLAR
personmaftuna 14-06-24, 02:10Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini...
NOGIRONLIK PENSIYASI KIMLARGA TAYINLANADI?
personmaftuna 30-09-24, 22:22Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘gʼrisida"gi qonunning 15-moddasiga ko‘ra, Nogironlik pensiyalari...
БОҚУВЧИСИНИ ЙЎҚОТГАНЛИК БЎЙИЧА ЗИЁННИ ЎРНИНИ ҚОПЛАШ
personmaftuna 30-09-24, 06:24Меҳнат кодексининг 328-моддасига асосан, боқувчи вафот этганлиги муносабати билан етказилган зиённинг ўрни иш берувчи...