Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

“Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori (897-son 27.12.2024-y.) Qabul qilindi.

Qarorga koʻra, ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish moliyaviy agent vazifasini bajaruvchi rezident tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.  Bunda: barcha fuqarolar uchun dastlab elektron ijtimoiy karta muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi; bank kartasi shaklidagi ijtimoiy karta fuqarolarning xohishiga koʻra muomalaga chiqariladi va foydalanish uchun taqdim etiladi.Ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish boʻyicha arizalar quyidagilar orqali taqdim etiladi: YaIDXP (my.gov.uz); “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi; “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda alohida hollarda ijtimoiy xodimlar; moliyaviy agent. Ijtimoiy kartani samarali amaliyotga tatbiq etish hamda “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovaning lozim darajada ishlashini ta'minlash maqsadida: 2025-yil 1-yanvardan boshlab “Ijtimoiy karta” AT va mobil ilovani texnik qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy karta boʻyicha toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi toʻlov tashkilotining tunu-kun faoliyat koʻrsatadigan texnik xizmati tomonidan amalga oshiriladi; 2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartani muomalaga chiqarish va foydalanish uchun taqdim etish masalalari boʻyicha Agentlikning axborot-ma'lumotnoma xizmatlarini koʻrsatuvchi “1070” qisqa raqamli va tunu-kun faoliyat koʻrsatadigan xizmati (“Ishonch telefoni”) faoliyati test rejimida yoʻlga qoʻyiladi.

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MAJBURIYATLARI

personmaftuna 26-03-24, 02:19
0 SOLIQ TO‘LOVCHILARNING MAJBURIYATLARI

Soliq to‘lovchilar: belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va...

YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY

personmaftuna 03-06-24, 19:20
0 YOQILG‘I-ENERGETIKA SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI

Iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta...

AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TAMOYILLARI

personmaftuna 14-04-25, 22:50
0 AHOLINI ROʻYXATGA OLISH TAMOYILLARI

Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, aholini roʻyxatga olish tadbirini barcha tartib va qoidalar asosida o‘kazilishi, ishlarni...

menu
menu