Kuzatuvchi » Siyosiy » 2028-YILGACHA QQS VA FOYDA SOLIGʻI STAVKALARI OSHIRILMAYDI

2028-YILGACHA QQS VA FOYDA SOLIGʻI STAVKALARI OSHIRILMAYDI

“Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta'minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-229-son, 27.12.2024-y.) qabul qilindi. 

Farmonga koʻra, qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi stavkalari 2028-yil 1-yanvargacha oshirilmasligi belgilandi. 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda soligʻi va oʻzlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 1 foiz etib belgilandi.2025-yil 1-apreldan daromadidan qat'i nazar, farmasevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar QQSni toʻlovchilar deb e'tirof etiladi. Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil qilinadi. Markaz tadbirkorlarga xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlaridan davlat kafolatisiz mablagʻlar jalb qilish boʻyicha konsalting xizmatlar koʻrsatadi. 2025-yilda aylanma mablagʻlarini toʻldirishga ajratiladigan kreditlar uchun “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (Kompaniya) 100 million AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi. 2025-yil 1-yanvardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va maxsus idishlarda qadoqlash loyihalari hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Kompaniya resurslari hisobidan milliy valyutada revolver kreditlar ajratiladi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK

personmaftuna 30-09-24, 12:01
0 O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK MAOSHLARI QANDAY HISOBLANADI?

O‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq: mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda...

“YAGONA INTEGRASIYALASHGAN EKOTIZIM” AXBOROT TIZIMI ISHGA

personmaftuna 13-06-25, 01:06
0 “YAGONA INTEGRASIYALASHGAN EKOTIZIM” AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILADI

“Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha...

BIZNESNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH VOSITALARI

personmaftuna 15-05-24, 01:35
0 BIZNESNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH VOSITALARI KENGAYTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2024-yildagi 181-son qarori qabul qilindi, u bilan Vazirlar...

menu
menu