O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLAYDIGAN XODIMLARNING OYLIK MAOSHLARI QANDAY HISOBLANADI?
O‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasiga muvofiq:
mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida – haqiqatda bajarilgan ish uchun;
mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida – ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.
O‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslar bajargan ishi uchun yoki mehnat shartnomasida belgilab o‘tilgan vaqt uchun oylik maosh oladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati bo‘yicha hisoblanadi.
Agar mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shaklida o‘rindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq to‘lash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi bo‘yicha to‘lanadi.
Xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishda asosiy ish joyi bo‘yicha ish uchun va o‘rindoshlik asosida ish uchun ish haqi alohida-alohida hisob-kitob qilinadi.
Asos: Mehnat kodeksining 438-moddasi hamda "O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida" gi Nizom.
X.MATKARIMOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ЯГОНА ЕТКАЗИБ БЕРУВЧИЛАР РЕЕСТРИГА КИРИТИШ БЎЙИЧА ДАВЛАТ
personmaftuna 19-03-25, 06:22Ҳукумат қарори (102-сон, 18.02.2025 й.) билан “Давлат харидларида Ягона етказиб берувчилар реестрига киритиш бўйича...
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI
personmaftuna 23-07-24, 14:50Qarorga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar...
XUSUSIYLASHTIRILMAYDIGAN MULKLAR HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT
personmaftuna 24-03-25, 03:57O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasidagi yer (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno), yer osti...