BIZNESNI MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH VOSITALARI KENGAYTIRILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.03.2024-yildagi 181-son qarori qabul qilindi, u bilan Vazirlar Mahkamasining "Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash" kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2024-yil 20-yanvardagi 37-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, jumladan biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha yaхlit tizim joriy etish maqsadida qoʻllab-quvvatlash vositalarini kengaytirish va ulardan foydalanish shartlarini yanada soddalashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Xususan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish toʻgʻrisida nizomga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:
- Baholash guruhlari uch ish kunida dastlabki roʻyхatga kiritilgan loyiha tashabbuskorlarining istiqbolli loyihalarini tanlab oladi. Bunda baholash guruhining har bir a’zosi loyihalarni tanlab olish va toifalarga ajratish masalalarida uch ish kunida oʻz fikr va mulohazalarini berishi shart. Guruh a’zosi ushbu muddat davomida munosabat bildirmagan taqdirda, u tomonidan ijobiy хulosa berilgan deb hisoblanadi;
- hunarmandlar, kasanachilar va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan va moliyaviy vositalardan foydalanish huquqini qoʻlga kiritgan oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar belgilangan tartibda tadbirkorlik sub’yekti sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim;
- loyiha tashabbuskorlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash usullari roʻyхati 500 mln soʻmgacha kredit bilan toʻldirildi;
- oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 100 mln soʻmgacha garovsiz kreditlarning 50 foiz qismi ularning bank kartasiga oʻtkazib berilishi mumkin.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
OPERATSIYA VA REANIMATSIYA ХONALARIDAGI VIDEOYOZUVLARNI BIR
personmaftuna 12-08-24, 23:45Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot...
NIKOH SHARTNOMASI NIMA ?
personmaftuna 05-03-24, 23:27📄 Oila kodeksining 29-moddasiga asosan, nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida yoki er...
УМУМИЙ КАСАЛЛИК ОҚИБАТИДАГИ I ВА II ГУРУҲ НОГИРОНЛИГИ
personmaftuna 03-08-24, 02:00“Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги Қонуннинг 17-моддасига кўра, умумий касаллик туфайли бериладиган...