Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH KERAK?

DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH KERAK?

Ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotmasdan, uydan chiqmasdan ham davlat tashkilotlariga murojaat qilish mumkin. O‘zbekistonda murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi (https://murojaat.gov.uz/) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Platformadan qanday foydalanish mumkin? Qaysi idoralarga, qanday masalalarda murojaat qilsa bo‘ladi? 

1. Platformadan qanday foydalanish mumkin?

Ushbu platformadan foydalanish uchun dastlab tegishli maʼlumotlarni kiritgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi. Bir marta ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, keyingi kirishlar uchun One-ID raqamini kiritishning o‘z yetarli.

Bunda ariza, shikoyat yoki taklifni tegishli tashkilotga yuborish mumkin.

Murojaat yuborish uchun shaxsni tasdiqlovchi maʼlumotlar (pasport seriyasi, raqami hamda tug‘ilgan sana) kiritiladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida fuqarolik pasporti, ID-karta va xorijga chiqish pasportidan foydalanish mumkin.

Bunda shaxsga doir maʼlumotlar uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi!

Shaxsni tasdiqlovchi maʼlumotlarni kiritish quyidagi afzalliklarga ega:

murojaat yuborish shaklining ko‘plab qismlari avtomatik ravishda to‘ldiriladi;

kiritilgan murojaat nomingizda saqlanadi va uni istalgan paytda id.egov.uz xizmati orqali tizimga kirib topishingiz mumkin bo‘ladi;

murojaatni asossiz ravishda ko‘rmasdan qoldirish holatlarining oldi olinadi.

2. Qaysi tashkilotga murojaat yubormoqchisiz? Ro‘yxatdan tanlang.

Mazkur platforma orqali Bosh prokuratura, Majburiy ijro byurosi, Markaziy saylov komissiyasi va Oliy sud kabi 10 ta markaziy muassasalarga, shuningdek, 21 ta vazirlik, 4 ta qo‘mita, 10 ta agentlik, 14 ta mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda 17 ta boshqa davlat korxonalariga, umuman olganda, 80 dan ortiq tashkilotlarga elektron ko‘rinishdagi murojaatlar yuborish mumkin. Bundan tashqari, ushbu yagona platformada faqatgina markaziy muassasalargagina emas, balki ularning hududiy bo‘limlari va tizimidagi quyi tashkilotlarga ham murojaatlar yuborish imkoniyati yaratilgan.

3. Murojaatingiz holatini tekshirib turing.

Mazkur yagona platformaning yana bir qulayligi – murojaatingiz qaysi tashkilotga tegishli ekanligini belgilab, uning holatini tekshirib turishingiz mumkin. Buning uchun platforma tomonidan berilgan murojaat raqami hamda murojaatingiz holatini tekshirish uchun Sizga kelgan kodni kiritish kerak bo‘ladi.

4. O‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob toping.

Ushbu yagona platforma orqali mehnat munosabatlari, pensiya va ijtimoiy himoya, uy-joy, yer va kommunal, sog‘liqni saqlash, oilaviy masalalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozlar, taʼlim, soliq, transport, isteʼmolchi huquqlari, voyaga yetmaganlar huquqlari kabi mavzulardagi maʼlumotlarni olish mumkin.

 

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

 

Boshqa maqolalar

XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA HAM HOMILADORLIK NAFAQASI

personmaftuna 11-12-24, 15:19
0 XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA HAM HOMILADORLIK NAFAQASI TOʻLAB BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik...

JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 28-09-24, 00:43
0 JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida, ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazoni qo‘llash...

IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI ULAR QAYERGA

personmaftuna 23-01-24, 00:11
0 IJTIMOIY HIMOYA JAMGʻARMASI MABLAGʻLARI  ULAR QAYERGA YOʻNALTIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023-yildagi 687 -sonli qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy...

menu
menu