Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

“Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish shakllari boʻyicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (893-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi, jumladan: Oʻzbekiston Respublikasida voyaga etmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik organi toʻgʻrisidagi nizom; Voyaga etmagan shaxslarga nisbatan vasiylik va homiylik belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni farzandlikka olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom; Mehribonlik uylari toʻgʻrisidagi nizom; Kichik hajmli bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizom. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat) olgan tutingan ota-onalarga har oylik toʻlovlar toʻlash hamda bolalarni kiyim-bosh va poyabzal bilan ta'minlash xarajatlari 2025-yildan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. 2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi etim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar masalalari boʻyicha vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati tugatiladi.

D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 30-09-24, 07:13
0 BILIB OLING

“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib...

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI

personmaftuna 23-06-25, 02:30
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISH SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-933-son Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimchalar...

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA

personmaftuna 11-12-24, 11:43
0 O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA CHIQISHLARI MUMKIN?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: erkaklar – 60 yoshga,...

menu
menu