“TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON, 27.12.2024 Y.) QABUL QILINDI
Qonun telekommunikasiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Oʻzbekistonda telekommunikasiyalar tarmoqlari ommaviy yoki xususiy mulkda boʻlishi mumkin. Telekommunikasiyalar tarmoqlarining barcha mulkdorlari teng huquqlarga ega boʻladi va qonunda kafolatlangan teng himoyadan foydalanadi. Telekommunikasiyalar tarmoqlari belgilangan maqsadiga koʻra umumiy foydalanishdagi, idoraviy va ajratilgan telekommunikasiyalar tarmoqlariga boʻlinadi. Aloqa liniyasi umumiy foydalanish, idoraviy, ajratilgan, shu jumladan umumdavlat vazifalarini bajaruvchi telekommunikasiyalar tarmoqlarining ajralmas qismidir. Raqamli texnologiyalar vazirligi telekommunikasiyalar sohasidagi vakolatli davlat organidir. Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya telekommunikasiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi organdir. Umumiy foydalanishdagi telekommunikasiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari barcha foydalanuvchilarga belgilangan sifatga ega universal xizmatlarni lisenziya doirasida cheklanmagan tarzda koʻrsatadi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
O‘LIMNI QAYD ETISH
personmaftuna 29-06-24, 09:27Oila kodeksining 223-moddasiga asosan, - o‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi...
PEDAGOG XODIMLARNI QAYTA TAYYORLASHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
personmaftuna 26-09-24, 02:07O‘quv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlash, ilg‘or pedagogik va...
MAVSUMIY ISHLAR
personmaftuna 14-06-24, 02:40Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir ....