Kuzatuvchi » Siyosiy » BILIB OLING

BILIB OLING

Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3592, 27.12.2024-y.)

       BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan byudjet tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari mustasno) tomonidan buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini belgilaydi.  Tashkilot BHMS talablariga muvofiq pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi. Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot pul tushumlari va toʻlovlari uchta asosiy toifaga ajratiladi: operasion faoliyat, investisiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Operasion faoliyatning pul oqimlari tashkilotning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Operasion faoliyatning pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin: mahsulot (ishlar va xizmatlar) sotishdan pul mablagʻlarining kelib tushishi; royalti, badallar, vositachilik haqqi va boshqalar boʻyicha pul mablagʻlari tushumi; yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari; xodimlarga toʻlangan mablagʻlar va xodimlar nomidan pul mablagʻlari toʻlovlari; operasion faoliyatga tegishli boʻlgan soliqlar boʻyicha pul mablagʻlari toʻlovlari yoki ularning qaytarilishi; savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar boʻyicha pul mablagʻlari tushumlari va toʻlovlari.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MUASSASA HAMDA MUASSASA MOL-MULKINI TASARRUF ETISH TARTIBI

personmaftuna 21-02-24, 04:20
0 MUASSASA HAMDA MUASSASA MOL-MULKINI TASARRUF ETISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 76-moddasiga ko`ra, agar boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni...

KORPORATIV BUYURTMACHILARNING XARIDLARIDA MAHALLIY ISHLAB

personmaftuna 26-06-24, 00:00
0 KORPORATIV BUYURTMACHILARNING XARIDLARIDA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARGA TAQDIM ETILGAN IMTIYOZLAR VA PREFERENSIYALAR BEKOR QILINADI

Farmonga ko'ra, ( PF-85-son, 03.06.2024y .https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7480) 2026-yil 1-iyuldan korporativ...

XATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISHGA RUXSAT BERILDI

personmaftuna 31-01-24, 02:10
0 XATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISHGA RUXSAT BERILDI

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 39-son qarori bilan “Ijro hujjatlari boʻyicha х atlangan mol-mulkni...

menu
menu